Eltarish xoqon tosh bitigi




Eltarish xoqon bitigi ikkinchi Sharqiy Turk Xoqonligi asoschisi Eltarish Xoqonga tegishli ekanligi taxmin qilingan tosh bitikdir. 2019-yilda Arxangaydagi Nomgon tekisligida oʻz tadqiqotlarini boshlagan Xalqaro Turkiy Akademiyasi va Moʻgʻuliston Arxeologiya Instituti olimlari tomonidan avgust oyida 250 kvadrat metrlik eski qoʻrgʻonda olib borilgan qazishmalar chogʻida topilgan. 2022-yil iyul oyida ikki tomoni qadimiy turk tilida va bir tomoni soʻgʻd tilida yozilgan tosh bitik topilgan. Yozuv Kultegin va Bilga Xoqonning otasi, Ikkinchi Turk xoqonligining qayta tiklagan Eltarish xoqon nomiga oʻrnatilgan degan xulosaga kelindi. Ilk tadqiqotlar davomida bitikda „Tangri“, „Turk“, „Qutlugʻ“, „tuman“ kabi soʻzlar oʻqilgan. Bu topilma „Turk“ nomi ilk bor tilga olingan Turk xoqonligi davrining eng qadimgi yozma yodgorligi sifatida qabul qilindi.

Ushbu yodgorlik majmuasi 1889 va 1897 yillarda Moʻgʻulistonda topilgan Oʻrxun bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari)dan keyingi uchinchi muhim kashfiyot hisoblanadi.


Bitikning oʻqilgan qismlari



Tosh bitikning uzunligi 70x74,5 sm, balandligi esa 19 santimetrdir. Uning barcha tomonlarida matnlar mavjud. Yozuv ustida olib borilgan dastlabki tadqiqotlarga ko‘ra, yozuvning old tomonida 19 ta chiziq mavjud bo‘lib, ulardan 12 tasi yaxshi holatda saqlangan. Yozuvning oʻqilgan qismlari quyidagilar:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz