ELTABAR — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvonlardan biri. Eltabar unvoni Tegindan keyin turadigan 3darajali rutba bo’lgan. Turk xoqoni tun yabg’u (618-630) Shi (Choch)ning shimoldagi Syantsyuan (Mingbuloq) mavzesiga o’z qarorgohini qurgan va g’arbiy o’lkalarning mahalliy hukmdorlariga silifa (Eltabar) unvonini bergan. Shimoliy Hindiston va Afg’onistonda hukm surgan turkiy sulolalar tomonidan zarb qilingan baqtriy, pahlaviy va brahmiy yozuvli (qorishiq) tangalarda ham Eltabar unvoni uchraydi. Panjikentdagi Mug’ tog’idan topilgan 8-asrning ilk choragiga taalluqli sug’diy hujjatlar — Devashtich arxivi hujjatlarida ham Eltabar unvoni qayd etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish