Elon Lindenstrauss





Elon Lindenstrauss (ivritcha: אילון לינדנשטראוס (talaffuzi: Elon Lindenshtrauss) (1970-yil 1-avgustda tugʻilgan) - isroilllik matematik. Lindenstrauss Fields medali bilan taqdirlangan ilk isroillik matematikdir.

Lindenstrauss 1970-yil Quddus shahrida tugʻulgan. 18 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalni qoʻlga kiritgan. 1999-yil Quddus yahudiy universitetini tamomlab, PhD darajasini olgan. Stanford va Princeton universitetlarida hamda Clay matematika institutida ishlagan. 2009-yildan beri Quddus yahudiy universitetida ishlaydi.

Lindenstrauss dinamika sohasida, xususan, ergodik teoriya va uning sonlar nazariyasiga tatbigʻini oʻrganib keladi. Shuningdek, Anatole Katok va Manfred Einsiedler bilan hamkorlikda Littlewood gipotezasini takomillashtirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz