Elmurat Tasmuradov




Elmurat Zulypkarovich Tasmuradov (1991-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek yunon-rum kurashchisi. Besh karra Osiyo chempioni, uch karra jahon chempioni va 2016-yili Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori.

Tarjimai hol



Elmurat Tasmuradov 1991-yilda 12-dekabrda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani, Qiziltu qishlogʻida tugʻilgan. Boʻlajak sportchini 2004-yil ota-onasi tarixiy vatani Qozogʻistonga yuborishadi va u yerda Bekzat Sattarxonov nomidagi maktab-internatida 4 yil ta’lim oladi. Shundan keyin Qozogʻiston terma jamoasining nomzodlaridan biriga aylandi. Ammo u 2008-yili Daulet Turlixonov nomidagi turnir bahsida magʻlub boʻlgach, bu imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Elmurat Tasmuradov 2012-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi va Londondagi Olimpiada oʻyinlarida esa 16-oʻrinni egalladi. U 2013-yilda Osiyo chempioni boʻlib, jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritadi, kurashchi 2014-yilda ushbu natijani qayd etib, Yarim finalgacha borib, finalga chiqa olmadi. Biroq 3-oʻrin uchun kurashda qoʻli baland keldi va 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻldi.

2018-yilda Elmurat yunon-rim kurashi boʻyicha toʻrtinchi bor Osiyo chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda u Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. 2020-yilning fevral oyida kurashchi Nyu-Dehlida Osiyo chempioni boʻldi. 2021-yil Tasmuradov dekabr oyida u sport faoliyatini nihoyalanganligini e’lon qildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz