ELLYAY



ELLYAY, Ellyay-Bootur, et uos Eldey (go’shtdor labli Eldey) — janubdan shim.ga, Lena daryosining o’rta oqimi bo’ylariga ko’chib kelgan saxalar (yakutlar)ning afsonaviy bobokalonlaridan biri. Bir qator insonga xos barcha yaxshi xislatlar mujassamlashgan. U birinchi rassom-usta, qimiz tayyorlaydi, sopol idishlar yasovchi kulol, uning sharafiga birinchi qimiz bayrami — isiax o’tkazilgan. Ellyayning ziddi Omrgoyu bo’lib, u sodda xo’jalik yuritgan va patriarxal qoloqlikning timsolidir. Ellyay haqidagi rivoyatlar saxalar Janubdan kelganliklari haqidagi tasavvurlarni aks ettiradi. Og’zaki an’ana saxalarning aksariyat uluslari vujudga kelishini Ellyay bilan bog’laydilar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz