ELLORA



ELLORA, Ellur, Elura (Epoga, E1iga) — qadimiy me’moriy yodgorliklar saqlangan manzil; Hindistonning Maharashtra shtatidagi Avrangobod shahridan 15 kilometr uzoqda. Ellora yaqinidagi qoyatoshlarga 6-13-asrlarda buddizm (12 ta), Brahmanizm (17 ta) va jaynizm (5 ta) ibodatxonalari (jami 34 ta) o’yib ishlangan. Ulardan yaxlit qoyatoshga o’yib ishlangan Kaylasanatx ibodatxonasi mahobatliligi hamda bo’rtma tasvirlarining dramatizmi bilan mashhur: 50×33,2 metr tarhli ibodatxona hovli (tarhi 84,1×46,9 metr) bilan o’ralgan, ibodatxona supasining uchdan bir qismi tabiiy kattalikdagi fillarning bo’rtma (gorelef) haykallari bilan hoshiyalangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz