Ellis Yarnal Berry




Ellis Yarnal Berry (1902-yil 6-oktabr — 1999-yil 1-aprel) amerikalik advokat, gazeta noshiri va siyosatchi. Shuningdek, u Janubiy Dakotadan Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar palatasiga saylangan.


Hayoti va taʼlimi



Berry Ayova shtatining Larchvud shahrida tug‘ilgan va Janubiy Dakota shtatining Filipp shahridagi Filipp o‘rta maktabini tamomlagan.

Ellis 1920-yildan 1922-yilgacha Morningside kollejida talaba boʻlgan. Soʻng Janubiy Dakota universitetiga oʻqishga kirdi, u yerda bakalavriat ishini tugatdi va huquqni oʻrgandi. 1927-yilda huquqshunoslik fakultetini tamomladi. Oʻsha yili diplom imtiyozi bilan advokaturaga qabul qilindi.

Faoliyati




Berry Janubiy Dakota shtatining Kennebek shahrida advokatlik faoliyatini boshlagan. Ikki yil oʻtgach, Maklaflinga koʻchib oʻtdi. U shtatning advokati, Korson okrugi sudyasi va Maklaflin meri etib saylangan. 1938-yildan boshlab Mclaughlin Messenger gazetasining noshiri boʻlib ishladi. U 1938-yildan 1950-yilgacha Davlat advokatlar assotsiatsiyasi jurnalining muharriri boʻlgan.

Siyosiy faoliyati



Ellis Janubiy Dakota shtati Senatiga 1938-yildan 1942-yilgacha, jami ikki yil muddatga saylangan.

1950-yilda U Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasiga respublikachi etib saylandi va ketma-ket toʻqqiz marta saylangan. 1971-yilda nafaqaga chiqdi. 1952-yildan boshlab u McIntosh News va Morristown World nashrlarini ham chop ettirdi.

1966-yilda jurnalist Drew Pearsonning xabar berishicha, Berry Liberty Lobby tomonidan „Respublika davlat arbobi“ mukofotini olgan kongressmenlardan biri edi. Berry 1957, 1960,1968 va 1965-yildagi Ovoz berish huquqi to‘g‘risidagi qonunni yoqlab ovoz berdi, lekin 1964-yildagi Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonunga 24-tuzatishga qarshi ovoz berdi.

U nafaqaga chiqqanidan soʻng, Janubiy Dakota shtatining Rapid-Siti shahriga koʻchib oʻtdi. Ellis 1999-yil vafotigacha shu yerda yashadi.

Meros va sharafi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz