Ellie Bamber




Eleanor Elizabeth Bamber (1997-yil 2-fevralda tugʻilgan)-ingliz aktrisasi. 2018-yilda "The Lady from the Sea" filmidagi Hilde roli uchun Ian Charleson mukofotini qoʻlga kiritgan. U Tom Fordning " Nocturnal Animals " badiiy filmida va BBC Oneda efirga uzatilgan „ Les Misérables“ filmida Cosette va "The Trial of Christine Keele" serialida Mendi Rays-Davis rolini oʻynagan.

Yoshlik



Bamber Angliyaning Surrey shahrida tugʻilgan va Lukas ismli ukasi bor. Uning otasi Devid moliya sohasida ishlaydi, onasi esa uning menejeri. U Hawley Place maktabida (Hurst Lodge maktabi), Eagle House maktabida va Vellington kollejida xususiy taʼlim olgan.

Aktyorlik faoliyati



Teatr



12 yoshida Bamber Player’s Theatre Clubning eng yosh aʼzosiga aylangan. 13 yoshida Ser Trevor Nann tomonidan " Aspects of Love " spektaklida „Yosh Jenni“ rolini oʻynash uchun tanlangan. 2015-yil noyabr oyida u „Musiqada eng yaxshi yangi kelgan“ nominatsiyasida „ Ening Standard Theatre Award“ mukofotiga nomzod boʻlgan.

2017-yilda u rejissor Kvame Kvey-Arma tomonidan suratga olingan „The Lady of Sea“ filmida Hilde rolini oʻynagan va uning ijrosi Ian Charleson mukofotiga loyiq koʻrilgan.

Televizion va kino



Uning filmdagi faoliyatini "The Falling" (2014) filmida boshlagan. Oʻsha yili u Lili James, Duglas But, Sem Rayli va Mett Smit bilan birgalikda " Pride and Prejudice and Zombies " filmida Bennet opa-singillarining eng kichigi Lidiya Bennet rolini oʻynagan.

2016-yilda u Tom Fordning " Nocturnal Animals " filmida Jake Gyllenhaal va Isla Fisher bilan birgalikda rol oʻynagan. Oʻsha yili u „ Extracurricular Activities“ badiiy filmida suratga tushgan. 2017-yilda u Tao Linning „ Taipei“ kitobi asosida " High Resolution " filmida ham suratga tushgan.

2017-yilda Bamber Shawn Mendesning " Thereʼs Nothing Holdinʼ Me Back " qoʻshigʻi klipida suratga tushgan.

Shaxsiy hayot



Bamber 2017-yildan 2019-yil yanvarigacha aktyor Richard Madden bilan yaqin munosabatda boʻlgan.

Filmografiya




Teatr rollari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz