Elli AvrRam
Elisabet Avramidou Granlund , (grekcha: Ελισάβετ Αβραμίδου Γκράνλουντ; 1990-yil 29-iyulda tug‘ilgan)
Elli AvrRam nomi bilan tanilgan, shved-yunon aktrisasi va hozir Hindistonning Mumbay shahrida yashaydi. U Bollywoodning Kis Kisko Pyaar Karoon filmidagi roli bilan tanilgan. AvrRam 2013-yilda Hindistonning Bigg Boss realiti-shousida ishtirok etganidan so‘ng mashhur bo‘lgan. Elli Aamir Khan bilan birgalikda Koi Jaane Na filmidagi Har Funn Maula qoʻshigʻida suratga tushgan.
Yoshlik davri
Elli AvrRam 1990-yil 29-iyulda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tugʻilgan. U Tyresö kommun, Stokgolmda oʻsgan. Uning yunon otasi Yannis Avramidis musiqachi boʻlib, hozir Shvetsiyada istiqomat qiladi; va uning shved onasi Maria Ingmar Bergmanning Fanni va Aleksandr filmida rol ijro etgan aktrisa. AvrRam yoshligidanoq figurali uchish, qoʻshiq aytish va raqsga qiziqqan. AvrRam Shvetsiyaning Skåne okrugidagi teatrni boshqaradigan onasi va xolasidan aktrisalik boʻyicha taʼlim olgan. AvrRam bolaligidanoq Hindiston bilan aloqani his qilgan. Stokgolmdagi mahalliy Mitt i gazetasiga bergan intervyusida u shunday degan: „Besh yoshimda hind raqsi va rang-barang kiyimlari meni hayratda qoldirdi“. Uning otasi yunon musiqachisi boʻlgani uchun u baʼzi yunon qoʻshiqlari hind ohanglari bilan bogʻliqligini topdi. AvrRam oʻsmirligidanoq Bollywood aktrisasi boʻlishni orzu qilgan. U Stokgolmdagi hind filmlari sotiladigan videodo‘konga borar va u yerdan Bollivud filmlarini sotib olardi. U YouTubeʼda hind filmlarini ham tomosha qilar edi.
Faoliyati
17 yoshida AvrRam Stokgolmda joylashgan Pardesi raqs guruhiga aʼzo boʻldi va birinchi navbatda Bollivud qoʻshiqlarida raqsga tushgan.
2010-yilda AvrRam „Miss Greece“ goʻzallik tanlovida ishtirok etdi. U Shvetsiyaning Gomorron Sverige telekoʻrsatuvida ham ishtirok etgan.
Bollivudda rol oʻynagan birinchi shved aktrisasi AvrRam aktrisa Katrina Kaifga juda oʻxshashligi bilan ajralib turadi.
2018-yilda Baazaar filmida Rohan Mehra va Saif Ali Khan bilan birga Billionaire qoʻshigʻida suratga tushgan. Film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsa-da, qoʻshiq yaxshi baholangan.
Filmografiyasi
Filmlar
Manbalar
uz.wikipedia.org