Elley Duhe




Elley Frances Duhe (1992-yil 14-fevralda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi. U Alabama shtatining Mobile shahrida tugʻilgan. 2018-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarda platina sertifikatini olgan „Happy Now“ qoʻshigʻini Zedd bilan birgalikda kuylangan va 2022-yilda TikTok’da keng tarqalgan „Middle of the Night“ qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlgan.

Biografiyasi



Birinchi marta otasi Elleyga 14 yoshida gitara sovgʻa qilgan, shundan keyin u 15 yoshidan oʻz faoliyatini kafelarda qoʻshiq aytish bilan boshlagan. Uning sanʼatga kirib kelishida musiqachi otasi va amakilari oʻrni katta boʻlgan. Barlarda, restoranlarda va ommaviy bazmlarda pullik konsertlar berishni toʻxtatgandan soʻng, u maktabdan ketadi va oʻz ustida 3 yil ishlab, GED olgandan soʻng, Nashville, Los-Anjeles va Ostinda milliy tadbirlarda chiqish qilish uchun yetarli darajada mashhur edi. U 2012-yilda The Voice ning ikkinchi mavsumida kichik chiqishlar qildi, ammo tanlovda gʻolib boʻlmadi. Faoliyatining boshida u "L. E.D "nomi bilan chiqishlar qilgan. Hozirda u  Los-Anjelesda yashaydi.

Uning 2016-yil oktabr oyida prodyuser Tarro bilan birgalikda kuylangan „Millenium“ qoʻshigʻi YouTubeʼda ikki million marta ko‘rilgan va Spotify’da 1,4 million marta uzatilgan.

2016-yil dekabr oyida yakkaxon tarzda ijro etilgan „Immortal“ nomli premyera qoʻshigʻi You Tube da millionga yaqin tomosha qilinib, Spotifyda 4,5 milliondan ortiq uzatildi.

U keyingi ILLA va Cool & Dre (Christina Milian, Lil Wayne) tomonidan yozilgan „Fly“ nomli qoʻshigʻi 2017-yil iyul oyida ommaga taqdim etadi.

2018-yil iyul oyida rus-germaniyalik prodyuser Zedd bilan „How Now“ nomli qoʻshiqni birgalikda ijro etishdi.

Qoʻshiqchi 2018-yil 3-avgustda Griffin bilan birgalikda ijro etgan „Tie Me Down“ qoʻshigʻini ommaga taqdim etdi. 2018-yil 10-avgustda u Dragon Mentality EP nomli qoʻshigʻini, 2021-yilda esa „Kids of the Night“ filmini, shuningdek, 2022-yilda Meduza, Jeyms Karter va Fast Boy bilan birgalikda „Bad Memories“ qoʻshigʻini chiqardi. Oʻsha yili uning 2020-yilgi „Middle of the Night“ qoʻshigʻi uni muvaffaqiyatga erishishiga sababchi boʻldi. Oʻsha yozda u beatBread bilan „seven-figure artist funding deal“ shartnomasinini imzoladi.

Diskografiyasi



Kengaytirilgan ijrolari




Yakkaxon ijrolari




Asosiy qoʻshiqchi sifatida



Taniqli qoʻshiqchi sifatida


Eslatmalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz