Elizabet Olsen




Elizabeth Chase Olsen (talaffuzi: Elizabet Cheyz Olsen; 16-fevral 1989-yilda tugʻilgan) amerikalik aktrisadir. Kaliforniyadagi Sherman Oaksda tugʻilgan Olsen aktrisalik faoliyatini toʻrt yoshidan boshlaydi. U 2011-yilda suratga olingan Martha Marcy May Marlene trilleridagi debyut rolidan soʻng, shuhrat qozondi va boshqa maqtovlar qatorida Critics' Choice Movie Awardga nomzod ham boʻlgan, undan soʻng esa Silent House nomli dahshatli filmda rol oʻynaydi. Olsen BAFTA Rising Star Awardga nomzod boʻlgan va ikki yildan keyin New York universitetini tamomlagan.

Olsen Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016), Qasoskorlar: Abadiyat jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabilarni oʻz ichiga olgan superqahramon janridagi Marvel kinematografiya koinoti filmlari hamda Disney+ tomonidan efirga uzatilgan WandaVision mini-serialida Wanda Maximoff / Scarlet Witch rolini jonlantirgan.

Hayoti



Elizabeth Chase Olsen 1989-yil 16-fevralda Los-Anjeles (Kaliforniya) atrofida joylashgan Sherman Oaksda tugʻilgan. Onasi Jarnie — sobiq raqqosa, otasi Dave esa koʻchmas mulk boʻyicha agent boʻlgan. 1995-yilga kelib, Elizabeth 6 yoshligida, ota-onasi ajrashishadi. Elizabethning akasi James Trent Olsen hamda egizak opalari — taniqli aktrisalar, produserlar va dizaynerlar boʻlmish Mary-Kate va Ashley Olsen mavjud. Elizabethning singlisi Taylor Olsen va akasi Jake Olsen otasining Martha MacKenzie bilan ikkinchi turmushidandir.

Shaxsiy hayoti



Olsen 13 yoshidan boshlab oʻzini ateist deb hisoblaydi. U Bobbi Brown Cosmetics shirkati elchisidir. U va aktyor Boyd Holbrook 2011-yildan 2014-yilgacha munosabat oʻrnatishgan. Olsen Milo Greene guruhi musiqachisi Robbie Arnett bilan uch yillik tanishuvdan soʻng 2019-yil iyul oyida unashtirilgan. U va Arnett hozirda Los-Anjelesda yashashadi. Olsen 2021-yil iyun oyida ikkalasi turmush qurganligini maʼlum qildi.

Filmografiyasi



Film




Televideniye




Qisqa hajmli videolar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz