Elionora Boboyeva
Elyanora Boboyeva (1939 ,Toshkent— sharqshunos, arabshunos, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Faoliyati
1963 – 1966-yillar oʻrta maktabda arab tili oʻqituvchisi; 1966 – 1978-yillar OʻzFA Falsafa va huquq institutining ilmiy xodimi; 1978 dan OʻzFA SHIda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim; (orada 1987 – 1995 yy. In-t Ijtimoiy tafakkur boʻlimining mudiri;). Ayni paytda 1975 – 1979 yy. UzGosIFK (hozirgi OʻzDJTI) ning falsafa, 1980 – 2009 yy. ToshDU ning falsafa tarixi va mantiq, 2004 – 2012-yillar ToshDSHIning falsafa kafedralarida dotsent. 2012 dan buyon nafaqada.
Ilmiy yoʻnalishi
Xorijiy Sharq xalqlarining falsafiy tafakkuri tarixi. 70 dan ortiq ilmiy ishlar (jumladan, 9 ta monografiya) muallifi. Bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar (Sofiya (1985), Tbilisi (1986), Dushanbe (1988), Maxachkala (1991), Leningrad (1993), Istanbul (1999), Moskva (2000), Budapesht (2004), Dehli (2005) qatnashchisi.
Asosiy ilmiy ishlari
Nomz. diss. mavzusi: “Mustafo Komilning ijtimoiy-siyosiy va maʼrifiy qarashlari”. – Toshkent, 1974.
Manbalar
uz.wikipedia.org