Elijah Adebayo




Elijah Anuoluwapo Oluwaferanmi Oluvatomi Oluwalana Ayomikulehin Adebayo (talaffuzi: Elijah Anuoluvapo Oluvaferanmi Oluvatomi Oluvalana Ayomikulehin Adebayo) (1998-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Elijah Adebayo hozirgi vaqtda „Luton Town“ futbol klubida hujumchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Faoliyati



Elijah Adebayo 9 yoshligida „Fulham“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi va keyinchalik, „Slough Town“ va „Bognor Regis Town“ futbol klublarida ijara shartnomasi asosida oʻynadi. Elijah Adebayo 2018-yilning yanvar oyida „Cheltenham Town“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshildi.

2018-yilning 7-iyulida Elijah Adebayo Ikkinchi liga vakili „Swindon Town“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Shundan soʻng, 2019-yil 31-yanvarda Elijah Adebayo „Stevenage“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilishga rozilik bildirdi.

Elijah Adebayo 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Fulham“ futbol klubini tark etdi. „Fulham“ futbol klubni tark etganidan soʻng, Elijah Adebayo 2019-yil iyun oyida „Walsall“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2021-yilning 1-fevralida Adebayo nomaʼlum toʻlov evaziga „Luton Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganligini eʼlon qildi. Elijah Adebayo 2021-yilning 23-fevralida „Millwall“ klubiga qarshi oʻyinda (1:1) „Luton Town“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Shaxsiy hayoti



Adebayo Angliyaning Brent shahrida tugʻilgan. Elijah Adebayoning asli kelib chiqishi esa nigeriyalikdir.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz