Elias Kachunga




Elias Kachunga (talaffuzi: Eliyas Kachunga) (1992-yil 22-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi. Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan Kachunga Kongo DR milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda qatnashadi.

Shaxsiy hayoti



Elias Kachunga Germaniyaning Haan shahrida tugʻilgan. Kachunganing otasi kongolik, onasi esa nemisdir.


Klublardagi oʻyin faoliyati



Kachunga dastlabki faoliyatini Germaniyadagi „Borussia Mönchengladbach“, „VfL Osnabrück“, „Herta BSC“ va „SC Paderborn“ futbol klublarida oʻtkazgan. „Paderborn“ futbol klubi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Elias Kachunga 2015-yil iyun oyida „Ingolshtadt 04“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Elias Kachunga 1,7 million yevro evaziga klub safiga qoʻshildi va bu koʻrsatkich klub tarixidagi rekord transferni oʻrnatgan edi. Elias Kachunga 2016-yil iyun oyida Angliya chempionati vakili „Huddersfield Town“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi. U 2016-yilning 6-avgustida klub safida ilk oʻyinini oʻtkazdi va „Brentford“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) birinchi golini kiritdi. 2017-yilning 22-martida „Huddersfield“ Kachunganing ijara shartnomasini doimiy transferga aylantirish uchun „Ingolshtadt 04“ futbol klubiga 1,1 million funt toʻladi.

2017-yilning dekabr oyida Elias Kachunga jarohati sababli uch oyga safdan chiqqan edi.

Elias Kachunga 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Huddersfield“ futbol klubini tark etdi.

2020-yil 2-sentyabrda Elias Kachunga „Sheffield Wednesday“ futbol klubi bilan bepul transferga imzo chekdi.

2021-yilning 20-mayida shartnoma muddati tugagach, Elias Kachunganing mavsum oxirida „Sheffield Wednesday“ futbol klubini tark etishi eʼlon qilindi.

2021-yilning 6-avgustida Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. U bir kundan keyin „Milton Keynes Dons“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz