Elias
Elias Mendes Trindade (1985-yil, 16-mayda tugʻilgan), shunchaki
Elias nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Karyera
Erta martaba
San-Pauluda tugʻilgan Elias „Palmeiras“ yoshlar tarbiyalanuvchisi boʻlgan va klubda hujumchi sifatida oʻynagan. 2005-yilning dekabrida, Verdanning B-jamoasidagi qisqa muddatdan soʻng, u „Nautiko“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Elias Timbu klubi uchun debyutini 2006-yilning 15-yanvarida Serrano klubiga qarshi safarda Campeonato Pernambucanoda 1–0 hisobi qayt etilgan oʻyinda boshladi. 20-yanvar kuni yana bitta oʻyindan soʻng u qoʻyib yuborildi.
Elias 2006-yilgi mavsumning qolgan qismini havaskor jamoalar „Leões da Geolandia“ va „Estrela Vermelha“da oʻtkazdi va 2007-yilgi mavsumda „San-Bento“ga qoʻshildi va u yerda yana yarim himoyachi roliga oʻtdi va klubda katta taassurot qoldirdi. Oʻsha yili u „Yuventus-SP“klubini ham himoya qildi va Copa Paulista finalining ikkinchi oʻyinida „Linense“ga qarshi oʻyinda 2–3 hisobida klubi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda gollardan birini urdi va uning jamoasi umumiy 4–4 hisobida gʻalaba qozondi.
2007-yil, 4-dekabrda Elias B seriyada Ponte Preta bilan shartnoma tuzishga rozi boʻldi. U klubdagi debyutini 16-yanvar kuni oʻz uyida Ituano klubiga qarshi 4–2 hisobidagi gʻalaba bilan boshlagan va jamoasining uchinchi golini kiritish orqali oʻtkazgan va 2008-yilgi Campeonato Paulistada asosiy tarkibda maydonga tushgan va uning jamoasi Finalga chiqqan.
Corinthians
2008-yilning 8-mayida Elias ikkinchi divizion vakili Corinthians bilan 2011-yil dekabrigacha shartnoma imzoladi U birinchi mavsumida yogʻ klubga A Seriyaga qaytishga yordam berdi va klubning 2009-yilgi Campeonato Paulistadagi gʻalaba qozonish kampaniyasida asosiy futbolchilardan biri boʻldi.
Elias 2009-yilning 6-avgustida oʻzining sobiq jamoasi „Nautiko“da 1–0 hisobida magʻlubiyatga uchragan holda yuqori darajadagi debyutini oʻtkazdi. U toifadagi birinchi golini 27-avgust kuni Gremio Barueri bilan mehmonda 2–2 hisobi qayt etilgan oʻyinda jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Atlético Madrid
2010-yilning 5-dekabrida Elias Corinthiansni tark etib, 2011-yil yanvarida 7 million yevro evaziga Ispaniyaning Atletiko Madrid jamoasiga oʻtishini tasdiqladi. Klub 16-dekabr kuni transferni tasdiqladi va 17-yanvar kuni RCD Mallorcaga qarshi oʻz uyida 3–0 hisobi bilan gʻalaba qozonilgan oʻyinda, oʻz debyut oʻtkazdi.
Elias xorijdagi ilk golini 2011-yilning 2-martida „Xetafe“ga qarshi oʻyinda 1–1 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda kiritdi.
Sport CP
2011-yilning 29-avgustida „Atleti“da talablardan oshib ketgan deb topilgach, Elias besh yillik shartnoma asosida "Sporting CP"ga oʻtdi. Klub 8,85 million yevro toʻlagan, bu oʻsha paytdagi SCP tarixidagi eng yuqori haq toʻlanadigan transferga aylandi. 15-sentabr kuni Sporting Eliasning 50% iqtisodiy huquqlarini 3,85 million yevroga Quality Sports Investments kompaniyasiga sotdi.
Oʻzining debyutini, 2011-yil, 10-sentabrda Elias „Sporting“ning „Paços de Ferreyra“ga qarshi oʻyinda 2–3 hisobi bilan gʻalaba qozonganilgan oʻyinda gol urdi. 76-daqiqada „Sporting“ 2–0 hisobida yutqazayotgan edi, biroq Marat Izmoilov, Elias va Riki van Volfsvinkellarning gollari evaziga „Sporting“ gʻalaba qozondi va ligada bir qator gʻalabalarni boshlab oldi, „Sporting“ ertasiga „Paygʻambar“ laqabini oldi. U 18-dekabr kuni „Academica“ga qarshi oʻyinda 1–1 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda yana gol urdi va oʻsha oʻyinda maydondan chetlatildi.
Flamengo (ijara)
2013-yilning 10-yanvarida Elias Braziliyaning „Flamengo“ jamoasiga mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi. U 27-yanvar kuni Volta Redondaga qarshi uyinda 1–0 hisobida galaba qozongan Renato Abreuni oʻrniga zaxiradan maydonga tushub debyut qildi va birinchi golini 14-mart kuni Resendega qarshi uyinda 3–2 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda urgandi.
Elias ijara davrida muntazam boshlovchi boʻlgan, „Flamengo“ yarim himoyachini 2014-yilgi mavsumda saqlab qolishga harakat qilgan, ammo bu harakat amalga oshmadi.
Corinthiansga qaytish
2014-yil, 7-aprelda va ikki oylik muzokaralardan soʻng Elias oʻzining iqtisodiy huquqlarining 50 foizi uchun 4 million yevro toʻlagan Corinthiansga qaytdi. U 10-aprelda ommaga taqdim etildi va 2017-yil dekabrigacha shartnoma imzoladi.
Doimiy boshlovchi boʻlgan Elias keyinchalik oʻzining shubhasiz maqomini yoʻqotdi, lekin baribir muntazam ravishda oyinlarda maydonga tushdi.
Sporting CP qaytishi
2016-yilning 31-avgustida Elias Portugaliya va Sportingga qaytib, ikki yillik shartnoma imzoladi, uning tovon puli 60 million yevro. Biroq, u „sherlar“ tomonidan kam foydalanilgan va umumiy hisobda 13 oʻyinda ikkita gol urgan.
Atlético Mineiro
2017-yil, 27-yanvar kuni Atletiko Mineiro Elias bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. U oʻz faoliyati davomida jamoada muntazam maydonga tushdi, ammo 2020-yil, 7-yanvarda shartnomasi muddati tugashidan bir oy oldin erkin agentga aylandi.
Xalqaro martaba
2010-yil, 23-sentyabrda Elias birinchi marta murabbiy Mano Menezes tomonidan Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan. U 7-oktyabr kuni Eron ustidan 3–0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Filippe Koutino oʻrniga maydonga tushib debyut oʻtkazdi.
Elias, shuningdek, Manoning 2011-yilgi Copa Amerika uchun 23 kishilik roʻyxatiga kiritilgan, shu bilan birga Dunga 2015-yilgi Copa Amerika va Copa Amerika Centenario uchun roʻyxatga kiritilgan.
Karyera statistikasi
Klub
1 September 2020[34]
International
12 June 2016[38]
Xalqaro
12 June 2016[38]
Faxrlar
Klub
Yuventus klubida Corinthans klubida Flamengo Atletiko Mineyro Xalqaro
Braziliya Shaxsiy sovrinlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org