Elers - Danlos sindromi
Ehlers-Danlos sindromi — biriktiruvchi toʻqimalarning genetik patologiyalari guruhiga kiradi.
Bunda kollagen tuzilishini kodlovchi DNK sohalarida yoki kollagen tolasi hosil boʻlish jarayonida qatnashuvchi biologik faol oqsillar haqida maʼlumot saqlovchi DNK qismlaridagi patologiya hisoblanadi.
Kasallikning aniqlangan shakllarining tarqalishi 1:15 000 tugʻilishni tashkil etadi, ammo haqiqiy tarqalish ancha yuqori, bu kasallikning tekshirish qiyinligi va kasallik kechishining koʻplab yengil va yashirin variantlari mavjudligi bilan bogʻliqdir.
Ogʻir shakllari juda kam uchraydi, ularning chastotasi 1:100 000 tugʻiladi.
Boʻgʻimlarning boʻshashishi, terining haddan tashqari choʻzilishi, atrofik chandiqlar paydo boʻlishi bilan yaraning yomon bitishi bu kasallikning asosiy xarakterli belgilari boʻlib sanaladi.
Tarixi
Birinchi marta 1682-yilda Job Van Makaren tomonidan tasvirlangan, keyinchalik esa ushbu sindrom Edvard Ehlers va Genri-Aleksandre Danlos tomonidan 1901 va 1908-yillarda nashr etilgan oʻzlarining ishlarida batafsil tahlil qilingan.
Patogenezi
Ehlers-Danlos sindromi — bu irsiy va kimyoviy anomaliyada farq qiluvchi biriktiruvchi toʻqima displaziyalarining kombinatsiyasidir.
Tasdiqlangan kuzatuvlarning koʻpchiligida autosomal dominant tarzda nnasldan — naslga oʻtishi qayd etilgan.
Bu sindromda bilan biriktiruvchi toʻqimaning asosiy elementlaridan biri — kollagen tolasining asosini tashkil etuvchi fibillan oqsilining tuzilishini kodlovchi genlarning DNK tuzilishida mutatsiyalar kuzatiladi.
Kasallikning birinchi va ikkinchi turlarida fibroblast faolligining pasayishi, proteoglikanlar ishlab chiqarilishining koʻpayishi, kollagenning normal ishlab chiqarilishiga hissa qoʻshadigan oqsillarning faolligining pasayishi yoki toʻliq yoʻqligi kuzatiladi. Proalfa 1 (V) yoki Proalfa 2 (V) kollagen zanjirlari beshinchi tipida molekulyar nuqson topilgan. Autosomal — dominant tipda irsiylanadi.
Uchinchi tip kollagen III alfa1, tenascin X sintezi uchun javobgar genlardagi mutatsiyalar tufayli yuzaga keladi, bu kollagen ishlab chiqarishning yetarli emasligi bilan namoyon boʻladi bu esa oʻz navbatida boylamlar va paylarning shikastlanishi va tez-tez boʻgʻimlarning joyidan chiqib ketishiga olib keladi. Bu turi ham autosomal -dominant turda irsiylanadi.
Toʻrtinchi tur yurak-qon tomir tizimining patologiyasi bilan namoyon boʻladigan qon tomir devori tuzilishining bir qismi boʻlgan uchinchi turdagi kollagen tolalari ishlab chiqarilmasligi bilan belgilanadi va teri kasallikning boshqa kichik tiplariga qaraganda kamroq shikastlanadi. Barcha kalibrli tomirlarning tez-tez yorilishi kuzatiladi.
Beshinchi variantda X xromosomasi bilan bogʻliq boʻlgan retsessiv irsiylanishi tasvirlangan, uning patogenezi yetarlicha oʻrganilmagan.
Oltinchi turida kollagen tarkibida gidroksil guruhining lizinga biriktirilishini taʼminlovchi, yaʼni kollagenni oʻzgartiruvchi ferment boʻlgan lizilgidroksilaza oqsilining etishmasligi bilan bogʻliq. Autosoma — retsessiv ravishda irsiylanadi. Bu nafaqat pay, bogʻlamlar va dermaning shikastlanishi, balki koʻruv va mushak apparatlarining patologiyasi bilan ham namoyon boʻladi.
Yettinchi tipda birinchi turdagi kollagen prekursorining kollagenga oʻzgarishi buziladi. Irsiylanishining autosomal — retsessiv va autosomal — dominant variantlari tasvirlangan. Bunday bemorlar qisqa boʻyli boʻlib, ular ogʻir qoʻshma patologiyaga ega boʻladilar.
Oʻninchi tipda hujayralararo moddaning hosil boʻlishida ishtirok etadigan plazma fibronektinida nuqson mavjud boʻladi. Kasallikning klassik koʻrinishlaridan tashqari, oʻninchi tipda trombotsitlarning agregatsiya xususiyatlarining buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan qon ivishining buzilishi va terida chiziqli chandiqlar koʻzga tashlanadi.[3] Autosomal — retsessiv turda irsiylanadi.
Patologik jihatdan barcha turdagi Ehlers-Danlos sindromi teri qalinligining pasayishi, kollagen tuzilmalarining patologik yoʻnalishi va strukturasining buzilishi, elastik tolalarning ustunligi, gipervaskulyarizatsiya, tomirlar va arteriyalar diametrining oshishi bilan namoyon boʻladi.
Belgilari
Kasallikning klinik koʻrinishi sezilarli darajada sindromning turi va kichik turiga bogʻliq.
1-tip quyidagi klinik koʻrinishga ega:
Giperharakatchan (gipermobil) shaklida
Qon tomir shaklida
Kifoskoliotik shakl
Artrokalaziya shakli quyidagi klinik koʻrinishlarga ega:
Dermatosparaksik shaklda
Tasnifi va rivojlanish bosqichlari
Eski tasnifga koʻra, EDMSning 11 turi ajralib turadi (hozirda IX va XI tasnifdan chiqarib tashlangan).
1-toifa — ogʻir, klassik;
2-toifa — yengil, klassik;
3-toifa — yaxshi sifatli shakli, barcha boʻgʻimlarning harakatchanligi kuchaygan, mushaklar va skeletning patologiyasi yoʻq, teri deyarli patologik jarayonlarga duch kelmaydi;
4 turi — arterial yoki ekximotik (tomir)shakli;
5-toifa — boʻgʻimlarning minimal giperharakatchanligi, terining sezilarli darajada yuqori choʻzilishi. Dermaning gemorragik koʻrinishlari va nuqsonlari oʻrtacha;
6-toifa — okulo-skoliotik, umurtqa pogʻonasining jiddiy egriligi, osteoporoz, teri va artikulyar apparatlarning patologik jarayonga ozgina aralashishi, koʻz toʻqimalarining sezilarli zaifligi, koʻz olmasining yorilishiga olib kelishi mumkin;
7-toifa — bemorlarning boʻyi pastligi, boʻgʻimlarning sezilarli umumiy gipermobilligi, katta boʻgʻimlarning boylamlarining zaifligi bilan tavsiflanadi. Terining choʻzilishi biroz oshadi. Yuzning xarakterli xususiyatlari: keng joylashgan koʻzlar, epikant, yuz oʻrta qismining pachoqligi;
8-toifa — boʻgʻimlarning gipermobilligi, terining sezilarli zaifligi bilan namoyon boʻladi. Periodontal kasallik tufayli koʻpincha tishlarning erta yoʻqolishi yuzaga keladi;
10-toifa — sindromning tipik koʻrinishlariga qoʻshimcha ravishda trombotsitlarning gipoagregatsiyasi mavjud. Terida atrofik chandiqlar va koʻkarishlar aniqlanadi.
Piter Bayton va boshqalar tomonidan soddalashtirilgan klinik tasnifida kasallikning oltita asosiy turi mavjud. Aynan shu tasnif xalqaro foydalanish uchun eng maqbul hisoblanadi. Shakllarning mutlaq soni uchun katta va kichik diagnostika mezonlari mavjud. Kasallikni maʼlum bir turga bogʻlash uchun kamida 1 ta asosiy mezon talab qilinadi. Kichik mezonlar kasallikning pastki turini aniqlashga yordam beradi, ammo tashxis qoʻyish uchun bir oʻzi yetarli emas.
Klassik turi
Katta mezonlar:
Kichik mezonlar:
Autosomal — dominant tipda irsiylanadi, EDSning klassik turi genetik jihatdan geterogendir: bunda 5-toifa kollagenni kodlovchi genlarda (COL5AI va COL5A2) va 1-toifa kollagenni kodlovchi COL1A1 genda nuqsonlar aniqlanadi.
Klassik turda ikkita kichik tip 1 (ogʻir) va II (yengil) farqlanadi. Aslida esa bu bir xil kasallikning allel shakllaridir.
Teri-boʻgʻim turi
Katta mezonlar:
Kichik mezonlar:
Autosomal — dominant tipda nasldan- naslga oʻtadi.
Qon tomir turi
Katta mezonlar:
Ikki yoki undan ortiq asosiy mezonlarning mavjudligi kasallikning ushbu turini tasdiqlashni koʻrsatadi.
Kichik mezonlar:
Autosomal — dominant tipda nasldan- naslga oʻtadi.
Kasallik III tipdagi kollagen pro-alfa 1 zanjiri biosintezi haqidagi maʼlumotlarni kodlaydigan COL3A1 genidagi nuqsonlar tufayli yuzaga keladi.
Artikulyar turi (artroxolaziya)
Katta mezonlar:
Kichik mezonlar:
Autosomal — dominant tipda nasldan- naslga oʻtadi.
Kasallik 1-toifa kollagenning alfa 1 va alfa 2 zanjirlarini kodlovchi COL1A1 va COL1A2 genlarining patologiyasi tufayli yuzaga keladi.
Teri turi (dermatosparaksiya)
Katta mezonlar:
Kichik mezonlar:
Autosomal — retsessiv tarzda irsiylanadi. Bemorlar geterozigota yoki gomozigota boʻlishiga qaramay ularning barchasida prokollagen-N-endopeptidazani kodlovchi ADAMTS2 genidagi mutatsiya boʻladi.
Terining tez shikastlanishi va koʻkarish tendentsiyasiga qaramay, yaraning bitishi normal tarzda sodir boʻladi.
Kifoskoliotik turi
Katta mezonlar:
Tashxisni tasdiqlash uchun chaqaloqlarda 3 ta asosiy mezon qayd etilishi kerak.
Kichik mezonlar:
Autosomal — retsessiv tarzda irsiylanadi. Kasallik lizil gidroksilaza (PLOD) genidagi mutatsiyaga asoslanadi, bu ferment prokollagenning translatsiyadan keyingi modifikatsiyasini amalga oshiradi.
Koʻpgina bemorlar 20-30 yoshga kelib mustaqil harakat qilish qobiliyatini yoʻqotadilar.
Asoratlari
Diagnostikasi
EDS diagnostikasi ushbu kasallikning turli shakllari uchun asosiy va kichik mezonlarni aniqlashga asoslanadi.
Tekshiruvlar hajmi kasallikning asosiy klinik belgilari mavjudligi bilan belgilanadi. Oilada kasallik haqida maʼlumot toʻplash va DNK molekulyar tadqiqotlarini oʻtkazish juda muhim.
Toʻgʻri tekshirish uchun maʼlum qoidalarga rioya qilish kerak:
Differentsial diagnostika biriktiruvchi toʻqima displaziyasining boshqa turlari bilan amalga oshiriladi.
Dermatoparaksaziya tashxisini tasdiqlash uchun 1-toifa kollagen elektroforezi proteaz ingibitorlari ishtirokida teri biopsiyasi yoki fibroblast kulturasidan bioptat olinadi
Davosi
Tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda fizioterapiya qoʻllaniladi.
Quyidagilardan iborat sanatoriy-kurort davolash koʻrsatiladi:
Organlar va tizimlarning shikastlanish darajasiga qarab klinik koʻrinishlarni davolash.
Dori-darmonlar bilan davolash
Bu dori vositalari har 12 oyda 2-3 marta, bir oydan bir yarim oygacha davom etadigan kombinatsiyalangan kurslarda qabul qilinadi.
Shuni esda tutish kerakki, EDS koʻplab organ tizimlarining kasalligi boʻlib, ushbu patologiyani tashxislash va davolash uchun turli xil tizimli usullarni ishlab chiqish va amaliy qoʻllash talab etiladi.
Oqibati
Profilaktika
Oldini olish molekulyar genetik tahlil usuli bilan homilada kasallikni prenatal aniqlashdan, tibbiy sabablarga koʻra homiladorlikni toʻxtatishdan iborat.
Kasallikning postnatal profilaktikasi ishlab chiqilmagan.
Asoratlarning oldini olish kasallikni toʻgʻri va oʻz vaqtida tashxislash va uni davolashni oʻz ichiga oladi.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org