Elena Tairova




 

Elena Tairova (ruscha: Елена Таирова; belaruscha: Алена Таірава; 1991-yil 28-avgust tugʻilgan — 2010-yil 16-martda vafot etgan) — rossiyalik shaxmatchi. U 2006-yilda FIDEning ayol grossmeyster (WGM) va 2007-yilda xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonlari bilan taqdirlangan.

Faoliyati



Tairova 2001-yili 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida, oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida Belarus terma jamoasida oʻynab va 2005-yili 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Rossiya sharafini himoya qilgan holda oltin medalni qoʻlga kiritdi. U 2003-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida va 2004-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yevropa yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Shuningdek, 2004-yilda Tairova 14 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida, yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2006-yilda u 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi va Rossiya ayollar chempionatining Superfinalida ikkinchi oʻrinni egalladi.

2007-yil may oyida Tairova Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi birinchi jamoaviy jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Rossiya jamoasi tarkibida beshinchi stolda oʻynadi. 2007-yil iyul oyida u Bad Homburg vor der Höhedagi „Queens Woman Grandmasters“ turnirida Chjao Syue va Elisabeth Pähtzdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha yili u Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi oʻyinda qatnashdi va Rossiya ayollar superfinalida Nadezhda Kosintseva va boshqalarni magʻlub etib, birinchi oʻrinni egalladi.

2010-yil 16-martda Tairova 18 yoshida surunkali nomaʼlum kasallikdan vafot etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz