Elena Piskunova




Elena Vitalievna Piskunova (1980-yil 2-avgust, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek atletikachisi, 400 metrga yugurish boʻyicha. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro sport ustasi, Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan.

Faoliyati



Elena Piskunova 1980-yil 2-avgustda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan. Yelena sport faoliyatini Samarqand viloyati hokimligi qoshidagi Oliy sport mahorati maktabida boshlagan. U 400 metr masofaga yugurish va 400 metr masofaga toʻsiqlar bilan yugurish intizomi boʻyicha bahslashdi. 1999-yilda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida 400 metrga yugurishda 54,43 natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2000-yilda Oʻzbekiston yengil atletika terma jamoasi tarkibida Sidneyda (Avstraliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz