Elena Babenko
Elena Vladimirovna Babenko (tugʻ. 1968-yil 17-fevral, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi.
Biografiya
1989-yilda Andijon davlat pedagogika institutini (hozirgi Andijon davlat universiteti) tugatgan. Xuddi shu yili u oʻz faoliyatini boshladi, Andijon davlat pedagogika institutining rus tili kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 2011-yildan 2015-yilgacha Andijon davlat universiteti rus tili va adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2016-2018-yillarda Oʻzbekiston rus madaniy markazi Andijon viloyati boʻlimi rahbarining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Va 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston rus madaniy markazining Andijon viloyati boʻlimi rahbari etib tayinlandi.
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylandi, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining aʼzosi boʻldi. Elena Babenko — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining aʼzosi.
Mukofotlar
2019-yilda "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org