ELEMENTAR ANALIZ



ELEMENTAR ANALIZ — organik birikmalardagi uglerod, vodorod, azot, oltingugurt, galogenlar, fosfor va boshqalar elementlarni miqdoriy aniqlash yoki sifat analizida qo’llanadigan usullar majmui. Elementar analiz 2 bosqichdan iborat: 1) organik birikmani parchalash, ya’ni aniqlanadigan elementni oddiy anorganik birikmalar (masalan, karbonat angidrid, suv, vodorod sulfid va boshqalar) ko’rinishida ajratish; 2) sifat yoki miqdoriy analiz usullari bilan elementni aniqlash.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz