ELEKTROSKOP
ELEKTROSKOP (elektr… va … skopiya) — elektr zaryadlarni sezadigan va ularning kattaliklarini taxminan aniqlaydigan oddiy asbob. Elektroskop bir uchiga 2 ta metall yaproqcha sharcha mahkamlangan sterjendan iborat. Sterjen shisha idish ichiga joylashtirilib, izolyasiyalovchi materialdan tayyorlangan tiqin yordamida mahkamlangan. Sharchaga zaryadlangan jism tekkanda zaryadning bir qismi yaproqchalarga o’tib, ular birbiridan itariladi; yaproqchalarning ochilish burchagi elektr zaryadi miqdoriga mutanosib bo’ladi. Yaproqchalarning ochilish burchagiga qarab jismning zaryadi haqida fikr yuritish mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz