Elektroosmos




Elektroosmos (elektro... va yun. — itarish, bosish) — tashqi elektr maydon taʼsir ettirilganda suyuqlikning kapillyarlar (qarang Kapillyar hodisalar) va gʻovak diafragmalar orqali harakatlanishi. Dispers sistemalar va kapillyarlarda tashqi elektr maydon taʼsirida fazalardan birining ikkinchisiga nisbatan harakatlanishi yoki mexanik kuchlar taʼsirida fazalarning nisbiy harakati yoʻnalishida potensiallar farqi vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Fazalarning chegarasi boʻylab yoʻnalgan tashqi elektr maydoni bir ion qatlamining ikkichi ion qatlamiga nisbatan siljishiga sabab boʻladi, bu esa fazalarning nisbiy surilishiga (E.ga) olib keladi. E. hodisasini oʻrganishning amaliy ahamiyati katta. Undan, mas. transport magistrallari oʻtkazishda yoki gidrotexnika inshootlari qurilishida tuproqdan ortiqcha namlikni ketkazishda, torfni quritishda, suvni yoki texnik suyuqliklarni tozalash va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz