Elektron pochta orqali habar tarqatish
Elektron pochta orqali xabar tarqatish — bu Internet-marketing vositalaridan biri boʻlib, ommaviy bogʻlanish, guruhli muloqot va reklama vositasidir. Maqsadi elektron pochta xabarlarini oldindan tuzilgan roʻyxat boʻyicha qabul qiluvchilar guruhiga avtomatlashtirilgan tarzda tarqatishdan iborat.
Xabar tarqatish marketing vositasi sifatida toʻgʻridan- toʻgʻri marketingga kiradi va pochta joʻnatmalari (xatlar, bukletlar, kataloglar, otkritkalar, taklifnomalar), elektron pochta yoki SMS koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Habar tarqatishning turlari
Roʻyhatni shakllantirish turi boʻyicha
Tarkib boʻyicha
Yoʻnalish boʻyicha
Habar tarqatishga talablar
Spamdan himoyalanish, shuningdek, spam yuborishda yolgʻon ayblovlardan qochish uchun elektron pochta tarqatmalarini tarqatishni tashkil qilishning umumiy qoidalari ishlab chiqilgan. Ularni biznes etikasi qoidalarining bir qismi deb hisoblash mumkin. Koʻpgina provayderlar oʻzlarining shartnomalari yoki xizmat koʻrsatish shartlariga bunday talablarni kiritadilar. Ommalashgan pochta dasturlari quyidagi xususiyatlarning barchasini amalga oshiradi.
Iqtisodiy jihat
Elektron pochta orqali habar tarqatish marketing va reklama vositasidir.
Obunachilarga habar tarqatish yordamida siz savdoni ragʻbatlantirishingiz, mijozlarning sodiqligini oshirishingiz, ularning mahsulot yoki kompaniyaga qiziqishini saqlab qolishingiz, yangi mahsulotlar haqida maʼlumot berishingiz, soʻrovnomalar oʻtkazishingiz va boshqalarga erishishingiz mumkin.
Koʻngilochar yoki foydali mazmundagi muntazam axborot byulletenini tashkil qilish va yetarli miqdordagi obunachilarni toʻplash ortidan siz tarqatmaga maʼlum miqdordagi reklama kiritishingiz mumkin, shu bilan xarajatlarni qoplashingiz yoki hatto foyda olishingiz mumkin (bu erda asosiy narsa uni haddan tashqari oshirmaslikdir). Obunachilarga tarqatmada reklama qoʻshib yuborish, spamga qaraganda kamroq samaralidir. Chunki qabul qiluvchilar soni spamchalik emas. Shunga qaramay, u mavjud va talabga ega, chunki har bir reklamachi spam orqali reklama qilishga rozi emas. Bundan tashqari va eng muhimi, mazmunli qism mavjudligi sababli, bunday reklama spam filtri bilan filtrlanmaydi.
Tarqatmalar veb-sayt bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalarini tarqatish usuli boʻlishi mumkin. Tarqatmalar koʻrinishidagi elektron ommaviy axborot vositalari mavjud. Koʻpgina ommaviy axborot vositalari tarqatishning ushbu ikki shaklini — veb-sayt va elektron pochta tarqatmalaridan foydalanishadi.
Tarqatma samaradorligi koʻrsatkichlari
Elektron pochta marketingi pochta tarqatmalarining samaradorligini baholash uchun bir qator koʻrsatkichlardan (metrik) foydalanadi. Bular „yetkazib berish foizi“, „yetkazib berishda xatolik foizi“, „ochishlar foizi“, „oʻtishlar foizi“.
Oʻtishlar foizi (click rate)
Oʻtishlar (bosishlar) foizi (click rate) — xatni oluvchi tomonidan elektron pochta xabaridagi bir yoki bir nechta havolalarga bosish foizi. Bu koʻrsatkich foiz sifatida oʻlchanadi va bosishlar sonini elektron tarqatma muvaffaqiyatli yuborilganlarning umumiy soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Ochishlar foizi — „Open rate“
Ochishlar foizi (open rate) — bu elektron tarqatmani ochgan qabul qiluvchilar sonining ulushi yoki nisbati boʻlib, ochilgan elektron pochta xabarlari sonining yuborilgan elektron xatlarning umumiy soniga nisbati sifatida ifodalanadi. Koʻpincha, bu koʻrsatkich kichik rasm yordamida kuzatiladi.
Shuningdek koʻring
Manbalar
uz.wikipedia.org