ELEKTRON NURLI TRUBKA — elektr signallarini ko’rinadigan tasvirlarga va optik tasvirlarni elektr signallariga o’zgartirib beradigan elektronnurli asbob. Elektr signallarini ko’rinadigan tasvirlarga aylantiruvchi Elektron nurli trubkalar jumlasiga ossillografik indikatorli Elektron nurli trubka, kineskop va boshqalar kiradi, optik tasvirlarni elektr signallariga aylantiruvchi Elektron nurli trubkalar jumlasiga, masalan, uzatuvchi televizion trubkalar kiradi. Kirish signallari ham, chiqish signallari ham elektr signallari shaklida bo’ladigan Elektron nurli trubkalar ham bor. Bunday trubkalar biron bir o’zgartirishni, masalan, matematik ishlovni, chastotalar spektri o’zgarishini va boshqalar fizik jarayonlarni ifodalaydi. Elektron nurli trubka termini hozir eskirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish