ELEKTRON LAMPALAR — elektronlar oqimi maxsus elektrodlar (to’rlar) yordamida boshqariladigan elektr vakuum asboblar; ikki, uch va ko’p elektrodli xillari bor. Ikki elektrodli oddiy Elektron lampalar — diod bir tomonlama o’tkazuvchanlikka ega; undan detektor va kenotron sifatida foydalaniladi. Uch elektrodli Elektron lampalar — triodt boshqaruvchi to’rning potentsiali bir oz o’zgarsa, anod tok kuchi anchagina o’zgaradi. Ko’p elektrodli Elektron lampalar (masalan, pentod) yordamida chastotasi bir necha o’n MGs gacha bo’lgan elektr tebranishlar generasiyalanadi (hosil qilinadi) hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi. Elektron lampalar signallarni qabul qiluvchikuchaytiruvchi yoki tebranishlarni generasiyalovchi (generatorli Elektron lampalar) turlarga bo’linadi. Elektron lampalar radiotexnika, elektrotexnika, elektronikala, fan va texnikaning boshqa ko’p sohalarida qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish