Elektrokar




Elektrokar (elektro.. va ing. sag — arava) — akkumulyatorlar batareyasadan tok olib ishlaydigan gʻildirakli (relssiz) oʻziyurar ixcham yuk mashinasi. E. shassi, akkumulyatorlar batareyasi, kuch va kommutatsiya elektr jihozlari va tortish elektr dvigatelidan iborat. Tezligi — 20 km/soat gacha. Unda 100 t gacha yuk tashish mumkin. E.ning platformasi koʻtaribtushiriladigan va koʻtarilmaydigan turlari bor. Uni haydovchi oʻrindiqqa oʻtirib yoki tik turgan holda boshqaradi.

E. sanoat korxonalari, savdo tarmoqlari, temir yoʻl stansiyalari, dengiz portlari va aeroportlarda ishlatiladi. E.ning dasturli (kompyuter orqali) boshqariladigan (haydovchisiz) turlari ham yaratilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz