ELEKTROKAR (elektro.. va inglizcha sag — arava) — akkumulyatorlar batareyadan tok olib ishlaydigan g’ildirakli (relssiz) o’ziyurar ixcham yuk mashinasi. Elektrokar shassi, akkumulyatorlar batareyasi, kuch va kommutasiya elektr jihozlari va tortish elektr dvigatelidan iborat. Tezligi — 20 kilometr/soatgacha. Unda 100 tonnagacha yuk tashish mumkin. Elektrokarning platformasi ko’tarib tushiriladigan va ko’tarilmaydigan turlari bor. Uni haydovchi o’rindiqqa o’tirib yoki tik turgan holda boshqaradi. Elektrokar sanoat korxonalari, savdo tarmoqlari, temir yo’l stansiyalari, dengiz portlari va aeroportlarda ishlatiladi. Elektrokarning dasturli (kompyuter orqali) boshqariladigan (haydovchisiz) turlari ham yaratilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish