Elektrli laqqa baliqlar




Elektrli laqqa baliqlar — laqqalar turkumiga mansub chuchuk suv baliqlari oilasi. Uz. 65 sm (ayrim manbalarda 1 m gacha), moʻylovlari 3 juft. Orqa suzgichi boʻlmaydi, yogʻ suzgichlari yaxshi rivojlangan, koʻkrak suzgichlari tikansiz. Terisi ostida juft elektr organlari joylashgan. Elektr organlari tanasining orqa va boʻyin qismi oʻrta chizigʻida oʻzaro yondoshgan boʻladi. Elektr organlari ogʻirligi baliq tanasi umumiy massasining 25% ni tashkil etadi; elektr razryadi kuchi 360 V ga boradi. 1 turi Gʻarbiy Afrika suvlari va Nil daryosida tarqalgan. Olabula tusda. Koʻzi qorongʻilikda nurlanadi. Elektrli laqqa baliqlarb. elektr organlaridan oʻljasini tutishda foydalanishi aniqlanmagan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz