ELEKTRLI ILON BALIQLAR — karpsimonlar turkumiga mansub chuchuk suv baliklari oilasi. Gavdasi cho’ziq, yalang’och; uzunligi 1 — 1,5 metr, vazni 40 kilogranngacha. Orqa va qorin suzgichlari yo’q. Anal teshigi tomog’i ostida. Juda katta anal suzgichining to’lqinsimon tebranishi tufayli suvda suzadi. Tanasi yon tomoni bo’ylab elektr organlari joylashgan; 650 V gacha razryad hosil qiladi. Elektr organlaridan dushmanlaridan himoyalanish, o’ljasini falajlash va mo’ljal olishda foydalanadi. 1 turi Janubiy Amerikaning shimoliy sharqiy qismidagi hamda Amazonkaning quyi va o’rta oqimidagi daryolarda uchraydi. Suv yuzasidan havo yutishi va uzoq vaqt davomida suvdan tashqarida turishi mumkin. Mahalliy aholi tomonidan ovlanadi. Ba’zan katta akvariumlarda boqiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish