ELEKTR VAKUUM ASBOBLAR — elektromagnit energiyani generatsiyalash (hosil qilish), kuchaytirish va o’zgartirish uchun mo’ljallangan, ish bo’shlig’idan havosi so’rib olingan va atrofdagi atmosferadan qattiq qobiq bilan himoyalangan qurilmalar. Cho’g’lanma lampalar, elektronvakuum asboblar, gaz razryadli elektron asboblar (ion asboblar), elektrvakuum diod va boshqalar asboblar Elekt vakuum asboblar jumlasiga kiradi. Elektronvakuum asboblar (triodlar, tetrodlar, pentodlar, kineskoplar va boshqalar) da elektronlar oqimi vakuumdan o’tadi, gaz razryadli electron asboblar (simobli ventillar, gaz razryadli indikatorlar va boshqalar) da elektronlar oqimi gazdan o’tadi; elektrvakuum diodlar o’rniga foydali ish koeffisienti (f. i. k.) katta bo’lgan yarimo’tkazgichli diodlar ishlatilmoqda. Elekt vakuum asboblar uyro’zgorda, biologiya, fizika va kimyoda, sanoat tarmoqlarida qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish