ELEKTR BIRLIKLAR



ELEKTR BIRLIKLAR — elektr kattaliklarining birliklari. Mutlaq elektrostatik birliklar tizimi (SGSE) va xalqaro birliklar tizimi (si) tarkibiga kiruvchi MKSA tizimi mavjud. SGSE tizimida elektr miqaori birligi Kulon konunidan aniqlanadi va zaryadning mutlaq elektrostatik birligi deb ataladi. Bu tizimda santimetr, gramm va sekundni asosiy birlik qilib tanlab va zaryadning mutlaq elektrostatik birligidan foydalanib, barcha elektr kattaliklarning o’lchov birliklari aniklanadi. Si tizimida to’rtinchi asosiy birlik sifatida tok kuchi birligi amper (A) qabul qilingan. Metr (m), kilogram (kg), sekund (s) va amper (A) asosiy birliklarni asos qilib olib, qolgan barcha elektr kattaliklar birliklari — hosilaviy birliklar: Kulon, volt, om, farada va boshqalar tegishli fizik munosabatlardan foydalanib aniqlanadi. Hech qaysi birliklar tizimiga kirmagan elektr birliklar: elektronvolt (ev), kiloelektronvolt (keV), megaelektronvolt (MeV) (1eV = 1,602071019 J).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz