Eleias Himaras
Eleias Konstantinos Himaras (2002-yil, 8-martda tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, Kanada Premyer-ligasining York United jamoasida oʻynaydi.
Yoshligi
Himaras besh yoshida London NorWest Optimist SC yoshlar jamoasida futbol oʻynay boshlagan. Etti yoshida Himaras London Portugal Fury jamoasiga qoʻshilmasidan oldin, London Alliance FC klubida bir yil oʻtkazdi. Keyinchalik u 2018-yilda Toronto FK akademiyasiga qoʻshildi.
Klubdagi faoliyati
2018-yil, 18-sentyabrda u oʻn olti yoshida Toronto FC III klubi safidagi debyutini Ontario 1-ligasi vakilli Vaughan Azzurri klubiga qarshi 6:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda oʻtkazdi. 2019-yilgi mavsumda u USL Birinchi ligasi Toronto FC II jamoasida zaxira posboni boʻlib ishlagan va birorta oʻyinda maydonga tushmagan. Toronto FC II COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilgi mavsumni tark etganidan soʻng, Himaras oʻzining tugʻilgan shahri London, Ontarioga mashgʻulot oʻtkazish uchun qaytdi.
2021-yilgi mavsumda u Ontario Birinchi ligasining London FC klubi sharafini himoya qildi, jamoa safida 11 oʻyinining 10 tasida maydonga tushdi va ikkita oʻyinda jamoa bilan gʻalaba qozondi. Keyinchalik 2021-yilda u Kanada Premyer-ligasining York United klubiga shoshilinch ravishda qoʻshildi va asosiy darvozabon Nathan Inghamning jarohat olgani sababli unga oʻrinbosar sifatida jamoani himoya qildi.
2022-yilda mavsumoldi oʻyinlarda York United FC klubida tayyorgarlik koʻrganidan soʻng League1 Ontarioning Electric City FC klubi bilan shartnoma imzoladi. U 21-may kuni ProStars FC ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻz debyut oʻyinini oʻtkazdi. Keyin u 2022-yilning iyul oyida asosiy futbolchi sifatida York United klubiga qaytdi. U 2022-yil, 7-avgustda Valourga qarshi oʻyinda debyut qildi, Niko Giantsopoulosning jarohat olgani sabali, birinchi boʻlimda oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.
Xalqaro faoliyati
2019-yilning mart oyida u Kanada U17 terma jamoasiga ilk bor yigʻinga chaqirildi. Keyinchalik u 2019-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati uchun Kanada terma jamoasining roʻyxatiga kiritildi va u yerda Yangi Zelandiya U17ga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
2022-yil, 12-oktabr holatiga ko'ra[14]
Manbalar
uz.wikipedia.org