Eleanor Worthington Cox




Eleanor Winifred Worthington Cox (talaffuzi: Elenor Uinifrid Uortington Koks; 2001-yil 21-iyunda tugʻilgan) — angliyalik ingliz aktrisasi. Eleanor „Matilda“ nomli musiqiy filmidagi Matilda Wormwood roli bilan mashhur boʻlib, 10 yoshida, 2012-yilda „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Laurence Olivier mukofotiga sazovor boʻlgan. Ushbu yutuq orqali u oʻsha paytdagi har qanday nominatsiyalar orasida, eng yosh Olivier mukofoti sovrindori boʻladi.

Aktrisa The Enfield Haunting filmidagi Janet Hodgson rolini ijro etgani uchun Britaniya Akademiyasi televideniyesi mukofotiga nomzod boʻlgan. U, shuningdek, CBBC telekanalida efirga uzatilgan Jacqueline Wilsonning Hetty Feather televizion serialida Polly Renfrew rolini ijro etishi bilan ham mashhur. Yana, u Sky Atlantic tomondan suratga olingan Britannia serialida ham suratga tushgan.

Biografiyasi



2003-yildan, ikki yoshidan, 2012-yilgacha, Worthington Cox Formby sahna sanʼati maktabida tahsil olgan. Worthington Cox Matilda filmida rol oʻynashdan oldin, Liverpool Empireda Bill Kenwirgthning Joseph and the Amazing Technicolor Dreamcoat spektaklida xorda qatnashgan. Worthington Cox 2012-yilning 19-avgustigacha Matildada chiqishni davom ettiradi, keyinchalik rolni Demetriou, Hayley Canham, Jade Marner, and Isobelle Molloy bilan bo‘lishadi.

2013-yil may oyida Eleonor „Regent Park ochiq osmon teatri“da To Kill a Mockingbird spektaklida skaut rolini ijro etadi. O‘z rolini Lucy Hutchinson hamda Izzy Lee bilan bo‘lishadi. Matilda tugagandan soʻng, aktrisa, „Maleficent“ (2014) filmidagi Yosh malika Aurora rolida suratga tushadi. 2015-yilning aprel—avgust oylarida aktrisa Lyric Hammersmithda Bugsy Malone spektaklida Blousey Brown rolini ijro etgan. Bu 16,5 million funt sterlinglik rekonstruksiya loyihasidan soʻng, teatr qayta ochilgandan keyingi dastlabki spektakl boʻlgan.

2015-yil oktyabr oyida Worthington Cox Londondagi Southwark Playhouseda James Rushbrookening yangi spektakli — Tomcatda Jess rolini oʻynagan. 2016-yilda aktrisa Sky One efirga uzatgan miniserial The Enfield Hauntingdagi ijrosi uchun Britaniya Akademiyasi televideniyesi mukofoti nominatsiyasini oldi. U shuningdek, Screen International ning „Ertangi yulduzlar“ kinojurnalining Buyuk Britaniya va Irlandiyaning taniqli yosh aktyorlarini yorituvchi yillik koʻrgazmasi sifatida ham koʻrsatildi. 2018-yilda Worthington Cox Britannia teleserialida Cait rolini gavdalantirgan.

Aktrisalik shartnomalari



Filmlarda




Televizion rollari




Teatr sahnalarida




Mukofot va nominatsiyalar




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz