Eldorbek Suyunov




Eldorbek Suyunov 1991-yili 12-aprelda Qashqadaryoning Koson shahrida tugʻilgan, Toshkentning Paxtakor klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati



Eldorbek Suyunov Mashʼal futbol akademiyasida tahsil olgan. 2008-yildan u Nasaf yoshlar futbol klubi tarkibida oʻynay boshlaydi, oʻsha paytda u Nasaf professional futbol klubining sobiq murabbiyi Anatoliy Demyanenkoning eʼtiboriga tushadi va tez orada u Nasaf klubining aʼzosiga aylanadi.

2011-yildan to shu kungacha Nasaf tarkibida oʻynab kelmoqda va shu kungacha 51ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning oʻyini 2013-yili Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyiga maʼqul tushadi va terma jamoa tarkibiga chaqiriladi va 2015-yilgi Osyo kubogiga saralash bosqichi bahslarida qatnashdi. U shuningdek 2015-yili Avstraliyada oʻtgan Osiyo kubogida terma jamoa tarkibiga kiritildi. Suyunov terma jamoa safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2015-yilgi mavsum so'nggida og'ir jaroxat oldi va deyarli 1 mavsumga safdan chiqdi. 2017-yilgi mavsumda yozgi transfer oynasi vatida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tominidan taklifni qabul qildi va "sherlar futbolchsi"ga aylandi.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz