Eldor Sakayev Usmonovich




Eldor Usmonovich Sakayev (1963-yil 17-dekabr) — oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan. Hozirda „Mashal“ klubi sport direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

Futbolchilik faoliyati



Sovet Ittifoqi davrida Toʻraqoʻrgʻonning „Yoshlik“, Kosonsoyning „Kosonsoychi“ va Namanganning „Navbahor“ klublarida toʻp surgan. 1992-yilda Ufaning „Gastello“ jamoasida oʻynagan. Bir muddat oʻtgacha yana „Navbahor“ va „Kosonsoychi“, keyinroq „Atlaschi“ va „Andijon Navroʻz“ klublarida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarini Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati



2011-yilda „Navbahor“, 2013—2014-yillarda "Neftchi" klubida yordamchi murabbiy, 2014—2016-yillarda Toshkentning „Oqtepa“ va 2018—2019-yillarda „Andijon“ klublarini boshqargan. 2021-yilda „Yangiyer“ jamoasi murabbiyi, 2022-yildan „Mash’al“ klubi sport direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz