Elchin Afandiyev




Elchin Ilyas oʻgʻli Afandiyev (ozarbayjoncha: Elçin İlyas oğlu Əfəndiyev) – ozarbayjonlik yozuvchi, professor va siyosatchilaridan biri hisoblanadi. Elchin Afandiyev 1993-yildan 2018-yilgacha Ozarbayjon Bosh vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Dastlabki yillari



Elchin Afandiyev 1943-yil 13-mayda Boku shahrida taniqli ozarbayjon adibi Ilyos Afandiyev oilasida tugʻilgan. Elchin Afandiyev bolaligidan adabiyot va ilmiy muhit bilan oʻralgan edi. Afandiyevning keyingi ijodida ozarbayjon xalq ogʻzaki ijodi va jahon adabiyoti katta rol oʻyagan. Elchin Afandiyev oʻzining ilk romanini 16 yoshida yozgan va 1959-yilda „Ozarbayjon yoshlari“ jurnalida chop etilgan. Elchin Afandiyev Oʻrta maʼlumotni 1960-yilda tamomlagan hamda Boku davlat universitetida tahsil olgan. Elchin Afandiyev 1965-yilda filologiya fakultetini tamomlagan. Elchin Afandiyev 1968-yilda Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Nizomiy nomidagi institutida aspiranturani tamomlagan hamda 500 sahifalik dissertatsiya yozib himoya qilgan. Elchin Afandiyevning 1965-yilda „Ming kechadan biri“ nomli romanlar toʻplami nashr etilgan. Keyingi yillarda Elchin Afandiyevning 100 ga yaqin kitoblari ingliz, fransuz, nemis, ispan, turk, venger, bolgar, arab, fors, mandarin, chex, slovak, polyak, xorvat, gruzin, litva, moldova, turkman tillariga tarjima qilinib; oʻzbek, qozoq, tojik, serb va boshqa tillarda nashr etilgan. Elchin Afandiyev dunyo boʻylab taxminan besh million nusxadan ortiq kitoblari sotilgan. Bu orqali Elchin Afandiyev oʻziga boʻlgan ishonchi orqali yuqori lavozimlarda ham ishlagan.

Siyosiy martabasi



Sovet hokimiyati davrida Elchin Afandiyev Ozarbayjon SSR Oliy Kengashining deputati boʻlgan. Elchin Afandiyev 1993-yildan beri Ozarbayjon Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. Elchin Afandiyev Bosh vazir oʻrinbosari sifatida hukumat faoliyatining sport va madaniy aloqalar kabi turli sohalariga rahbarlik qilgan. Elchin Afandiyev shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan "Vatan" madaniyat tashkilotiga ham rahbarlik qilgan. Shuningdek, Elchin Afandiyev bir qancha hukumat qoʻmitalarining aʼzosi va Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Taʼlim qoʻmitasining aʼzosi boʻlib ishlagan.

Mukofotlari



Elchin Afandiyev 2003-yil 29-mayda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev tomonidan Ozarbayjon adabiyoti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun munosib tarzda "Istiqlol" ordeni bilan taqdirlangan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz