Elbek Tojiyev




Elbek Xudoynazarovich Tojiyev (qoraqalpoqcha: Elbek Qudaynazarovich Tájiev, belaruscha: Элбек Худойназаровіч Тажыеў, 7-yanvar 1986-yil, Kenagas, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) – Belarus klassik uslub kurashchisi, millati Oʻzbek. Yunon-rum kurashi boʻyicha Yevropa chempioni. Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2012). Oʻtmishda O'zbekiston jamoasida (2003-2007) oʻynagan.

Hayoti



Kenagas qishlogʻida tugʻilgan. 10 yoshida Samarqand sport maktabiga borgan. 2006-yilda u oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi va 17 yoshida Belarusga koʻchib oʻtib, fuqaroligini oʻzgartiradi. Dastlabki yillarda u Borisov shahridagi yotoqxonada yashagan va tez orada oʻz uyiga ega boʻlgan. Rafiqasi – Xolida Tojiyeva, oʻgʻillari Ramazon va Ali.

Sport karyerasi



2003-2007-yillarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan; 2005-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni va 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida oʻninchi oʻrinni egallagan. Ammo u 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida −55 kg vazn toifasida Belorussiya nomidan ishtirok etib, 1/8 finalda 0:2 koʻrsatgich bilan yaponiyalik kurashchi Koxey Xasegavaga yutqazgan. 2013-yilgi Tbilisida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 55 kg vazn toifasida final bahsida ozarbayjonlik Elchin Aliyevni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2011-yilda u jahon chempionatlarining kumush medali sovrindori boʻldi. 2010-yilda harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi, 2011-2012-yillarda oʻninchi, 2013-yilda oltinchi va 2016-yilgi Jahon chempionatida beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
2014-yilda Xalqaro kurash federatsiyasi uning 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasini toʻxtatdi. 59 kilogrammgacha boʻlgan yangi vazn toifasida u xalqaro musobaqalarda oʻz oʻrniga ega emas.

Natijalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz