Elbek Mirzohidov




Elbek Mirzohidov (1978-yil 5-mayda tugʻilgan) — dublyaj aktyori. 1995—1999-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat va madaniyat institutida taʼlim olgan. Faoliyatini qoʻgʻirchoq teatrida boshlagan. Afzal Rafiqovning taklifi bilan dublyaj sohasiga oʻtgan. Bugungi kungacha 1 000 dan oshiq film,televizion serial va animatsion filmlarni ovozlatirish ishlarida qatnashgan. U ovoz bergan filmlardan „Uzuklar hukumdori“ trilogiyasi, „Harry Potter“ film qismlari, televizion seriallardan „Taxtlar oʻyini“, „Qish sonatasi“, „Jumong“, „Ichkarida“, „Chuqur“, animatsion filmlardan „Oʻyinchoqlar tarixi“, „Muzlik davri“, „Tom va Jerry“, „Kung Fu Panda“, „Madagaskar“ va boshqa filmlar oʻrin olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz