Elaine Dundy
Elaine Rita Dundy (née Brimberg; 1921-yil 1-avgust – 2008-yil 1-may) - amerikalik yozuvchi, biograf, jurnalist, aktrisa va dramaturg.
Tarjimai holi
U New York shahrida Elaine Rita Brimbergda tug'ilgan. Elainening otasi polshalik yahudiy muhojir Samuel Brimberg bo`lib ofis mebellarini ishlab chiqaruvchi bo`lgan. Onasi latviyalik yahudiy edi. U multimillioner ishlab chiqaruvchi va ixtirochining qizi bo`lgan. Dundy uchta opa-singildan biri. Opasi Shirley Clarke, mustaqil kinorejissyor. Dundy Park Avenue uyida ulg'aygan. U yerda gubernator tomonidan ta'lim olgan, lekin oxir-oqibat o'rta maktabda o'qishga majbur bo`lgan. Elainening maktab davridagi yigiti Terry dramaturg Maksvell Andersonning o'g'li bo`lgan. Keyinchalik ular yana uchrashishdi va turmush qurishdi. Otasi Dundyni New Yorkda uyda yashashini ta'kidlagan, ammo u oylik maoshi unga Parijda qisqa vaqt yashashi uchun yetishini o`ylab uydan chiqib ketadi. Ikkinchi jahon urushi oxirida Elaine Yevropaga sayohat qilib, dastlab Parijda (Fransiya) yashab, fransuz filmlarini dublyaj qiladi, keyin Londonga joylashadi va u yerda BBC radiosi spektaklida ishtirok etadi. 1950-yilda teatr tanqidchisi Kenneth Tynan bilan uchrasha boshlaydi va ikki hafta o'tgach, birga yashashga qaror qilishadi. Ular 1951-yil 25-yanvarda turmush qurishdi, so`ng ularning Tracy (1952-yil 12-mayda tug'ilgan, London) ismli qizi dunyoga keldi. Qizaloq ulg`aygach London va Gollivud teatr-kino elitasining bir qismiga aylandi.
Faoliyati
Dundyning aktrisa sifatdagi rollari orasida 1953-yilda "Douglas Fairbanks, Jr. Presents" teleserialining "The Scream" epizodi va BBC-TV-ning "Dinner at Eight" ko'rsatuvida xizmatchi obrazlari bor edi. Dundy Lyuksemburg radiosining Orson Welles rejissyorligidagi Garri Lim dramalarida turli rollarni ijro etdi. 1955-yilda Dundy va Tynan Britaniyaning ITV tijorat tarmog‘i pudratchisi Associated-Rediffusion uchun suratga olingan “Orson Welles bilan dunyo bo‘ylab” hujjatli filmida ham epizod sifatida ekran oldida paydo bo‘ldi.
Asarlari
Dundy 1958-yilda Parijdagi tajribalariga asoslanib, o'zining birinchi "Dud Avocado" romanini nashr etdi. Kitob eng ko'p sotilgan kitoblar ro'yxatining yuqori pog'onasidan o`rin oldi.
Shaxsiy hayoti
Elaine 1986-yilgacha Londonda uyini saqlab qoldi. Keyin qizining yonida bo'lish uchun Los Angelesga ko'chib o'tadi. O'shanda qizi Treysi kostyumlar dizayneri edi; u kinorejissyor Jim McBridedga turmushga chiqqan.
Elainening 1964-yilda yozgan “The Old Man and Me” romani 2005-yilda feministik nashriyot kompaniyasi Virago Press tomonidan qayta nashr etilgan va o‘sha yili Dundy Daphne du Maurierning 1932-yilda yozgan “I'll Never Be Young Again” romanining Viragoning qayta nashri uchun kirish so‘zini yozgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org