El M'Ghair
El M’Ghair (arabcha: اﻟﻤﻐﻴﺮ),
El Meghaïer yoki
Mhraïer deb nomlanadi, shahar va kommuna va El M’Ghair tumani va El M’Ghair viloyatining poytaxti, Jazoir . 1998 yilgi aholini hisobotlarga binoan, aholisi 49,793 kishini tashkil qiladi, 1998 yildagi 40,228 va Djamaadan keyin viloyatdagi ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Aholining yillik oʻsish hajmi 2,2% ni tashkil qiladi.
Joylashuvi
El-M’Ghair Chott Felrhirning janubi-gʻarbiy tarafida joylashgan va katta endoreik tuzli koʻl. Shahar va koʻl oʻrtasida keng palma plantatsiyasi bor.
Iqlim
El M’Ghair issiq choʻl iqlimi bor (Köppen iqlim tasnifi BWh), yozi juda issiq, yil davomida juda kam yogʻingarchilik boʻlib turadi.
Transport
El M’Ghair shaharning sharqiy tarafidan oʻtadigan Biskra-Touggurt temir yoʻl liniyasida stantsiyasi bor. Biskrani shimol tarafidan Touggurt bilan janubga bogʻlaydigan N3 avtomagistrali ham gʻarbiy tomondan shahardan oʻtadi.
Taʼlim
Aholining 5,4 foizi oliy maʼlumotli va 18,0 foizi o‘rta maʼlimotli. Umumiy savodxonlik darajasi 77,4%, erkaklarda 83,4%, ayollarda 73,4%.
Mashhur binolar
Shaharda ikkita masjid bor; Shahar markazidagi Akbar masjidi va g‘arb tarafida Atik masjidi katta yo‘l yonida joylashgan.
Mahalliy joylar
El M’Ghair kommunasida toʻrtta aholi punktlari bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org