EKZOTERMIK REAKTSIYALAR — issiqlik ajralishi bilan boradigan kimyoviy reaktsiyalar. Yoqilg’ining yonish jarayoni, neytrallanish reaktsiyalari, oddiy moddalardan murakkab kimyoviy birikmalar hosil bo’lishidagi ko’pchilik reaktsiyalar va boshqalar Ekzotermik reaktsiyalar bo’ladi. Biror reaktsiya jarayonida ajralayotgan issiqlik miqdori modda tabiatigagina emas, boshlang’ich modda bilan reaktsiya mahsulotlarining agregat holatiga hamda reaktsiyaning o’tkazilish sharoiti —temperatura, reaktsiya paytidagi hajm o’zgarishi va boshqalarga ham bog’liq.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish