Ekvator




Ekvator (lotincha: aequator — teng boʻluvchi), geografik ekvator, Yer ekvatori

1) Yer yuzasida qutblardan teng uzoqliqdan oʻtkazilgan katta aylana chiziq; Yerning aylanish oʻqiga perpendikulyar boʻlgan va uning markazidan oʻtuvchi yassi yuza bilan yer yuzasining kesishgan chizigʻi. Ekvator uzunligi 40 075 696 m. Ekvator Yer sharini ikkiga — Shimoliy va Janubiy yarim sharlarga boʻladi. Geografik kengliklar Ekvatordan qutblarga tomon hisoblanadi. Ekvatorda kecha va kunduz
doimo teng boʻladi. Quyosh Ekvator ustida har yili 2-marta — bahorgi teng kunlik va yozgi teng quk/shklarda zenitda boʻladi;

2) Osmon ekvatori — osmon sferasi barcha nuqtalarining olam qutblaridan 90° da joylashgan katta doirasi. Osmon Ekvator tekisligi Yer Ekvator tekisligiga parallel va kuzatish joyidan biror tomonda ufq tekisligiga 90° — (r burchak ostida qiya joylashgan, f — bu yerda joyning kengligi. Osmon Ekvator osmon sferasini Shimoliy va Janubiy yarim sharlarga ajratadi.

Ekvator liniyasi dunyoning shakli tufayli osmonga eng yaqin nuqtadir.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz