EKVADORLAR — xalq, Ekvadorning asosiy aholisi (6,6 million kishi). Umumiy soni 6,73 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ekvadorlarning asosiy qismini ispanindeys metislari va indeyslar (asosan, kechua), qolgan qismi oq tanlilar (Yevropadan ko’chib kelganlar), mulatlar, negrlar, sambolar tashkil etadi. Ispan tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish