EKSPRESSIVLIK (lotincha ifodalanish, namoyon bo’lish) — har xil individlarda ma’lum gen allelining fenotipik namoyon bo’lish darajasi. “Ekspressivlik” terminini fanga rus olimi N. V. Timofeevresovskiy kiritgan (1927). Allel gen tomonidan boshqariluvchi belgida o’zgaruvchanlik bo’lmaganida doimiy Ekspressivlik, aks holda o’zgaruvchan Ekspressivlik namoyon bo’ladi. Har xil genlarning allellari turli darajadagi Ekspressivlik bilan tavsiflanishi mumkin. Odamlarda AVO (qon guruhlari) allellari tizimi deyarli doimiy Ekspressivlikka, ko’z rangini belgilovchi allellar o’zgaruvchan Ekspressivlikka misol bo’ladi. Drozofila pashshasida ko’z fasetkalarining sonini kamaytiruvchi mutasiya gomozigotali pashshalarda fasetkalar sonini 0 dan 50% gacha o’zgarishini ta’minlaydi. O’zgaruvchan Ekspressivlik hodisasi genotipik muhit va tashqi muhit sharoitlarining ta’sirida ro’y beradi. Shuning uchun organizm genotipi genotip bilan yashash muhiti sharoiti ta’sirida fenotipik namoyon bo’ladigan genlarning o’zaro ta’siri natijasida shakllanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish