Ekspozitsiya (joylashuv)




Ekspozitsiya , yon bagʻir ekspozitsiyasi — yon bagʻirlarning dunyo tomonlariga, binobarin, Quyosh va shamollarga nisbatan joylashganligi. Togʻ landshaftlarining turlicha boʻlishiga E.ning bir-biridan farq qilishi sababdir. Yon bagʻirlarning qaysi tomonga qaraganligiga qarab ularning iqlimi, oʻsimlik, tuproq va hayvonot dunyosi ham har xil boʻladi.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz