Ekspertiza




Ekspertiza (lotincha: tajribali) — mutaxassis yoki mutaxassislar guruhi tomonidan u yoki bu sohada malakali yechim talab qilinadigan masalalarni oʻrganish (tibbiy E., sud ekspertizasi, sanʼat E.si, buxgalteriya E. si, ekologik E. va boshqalar). E.ning amaliy yoki hujjat tarzidagi natijasi ekspert (mutaxassis)ning yoki ekspertlar guruhining xulosasi hisoblanadi. Ekspertning fikri majburiy hisoblanmasada, unga qoʻshilmaslik tegishli qarorlar, ajrimlar va hukmda asoslab qayd etilishi kerak. Agar E. toʻla yoki yetarli darajada aniq emas deb topilsa, qoʻshimcha E. tayinlanishi mumkin.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz