Ekslibris




Ekslibris (lot. — kitobdan) — kitobning biror kimsaga mansubligini koʻrsatuvchi belgi. Kitobning muqovasi yoki zehiga relyef hosil qilib ishlanadigan (superekslibris) va muqovaning ichkari tomoniga yopishtirib qoʻ’yiladigan (qogoz E.) xillari bor. Gravyura usulida tayyorlanadigan E. Germaniyada 16-asrda paydo boʻlgan. E. yirik grafika ustalari (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina, A. I. Kravchenko. V. A. Favorskiy va boshqalar) tomonidan yaratilishi grafikaning mustaqil janrini yuzaga keltirdi. Oʻzbekistonda rassomlar V. Kaydalov, V. Kedrin, Q. Basharov, M. Kagarov, M. Starovoyt, V. Parshin va boshqalar koʻplab E.lar yaratgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz