EKSITON



EKSITON (lotincha exsio — qo’zg’ataman) — yarimo’tkazgich yoki dielektriklarda elektronlar tizimining uyg’ongan holati, kvazizarra. Eksiton tushunchasini fanga dastlab 1931 yilda Ya. I. Frenkel kiritgan. Eksiton atom, molekulyar kristallarda ayrim molekulalar elektron tizimining uyg’ongan holati (Frenkel eksitoni) dan, yarimo’tkazgichlarda o’gkazuvchan zonadagi elektron va valent zonadagi kovakning vodorodsimon bog’langan holati (Vane — Mott eksitoni) dan iborat.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz