Ekonomayzer




Ekonomayzer (ing. saqlash) — 1) bugʻ qozoniga beriladigan sovuq suvni qozondan chiqib ketayotgan gazlar issikligi bilan oldindan isitib beradigan issiqlik almashgich qurilma. Suv qaynaydigan va qaynamaydigan turlarga boʻlinadi. Pastroq (2,5 MPa gacha) bosimga moʻljallangan E. choʻyandan qovurgʻali qilib yasaladi, undan yuqori bosimga moʻljallangani esa poʻlat trubalardan toʻgʻri qilib tayyorlanadi; 2) ichki yonuv dvigateli karbyuratoridagi moslama. Drosselli qopqoq (zaslonka) toʻliq ochilganda yoki uning shunga yaqin vaziyatida yonuvchi aralashmani boyitish (yonuvchi aralashma tarkibidagi yonilgʻihavo nisbatini oʻzgartirish, yaʼni yonilgʻini koʻproq, havoni kamroq kiritish) uchun xizmat qiladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz