Ekkls Jon Keryu




Ekls , Ekkls Jon Keryu (1903.27.1, Melburn 1997.2.5, Shveysariya) — avstraliyalik fiziolog. Melburn universiteti (1925) va Oksforddagi Magdalen kollejini tugatgan (1929), 1927—37 yillarda Oksfordda Ch. Sherrjgton rahbarligida ishlagan. Sidneydagi patologiya instituti direktori (1937—44). Otago (Yangi Zelandiya) universitetida fiziologiya professor (1944—51). Kanberra Avstraliya milliy universitetida fiziologiya professor (1951—66). Chikago instituti va Nyu-York universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ilmiy faoliyati nerv hujayralaridagi elektrik jarayonlarga oid. E. nerv hujayralarida qoʻzgʻalish va tormozlanishning ion mexanizmlarini oʻrgangan, bir hujayrada hosil boʻlgan nerv impulslari ikkinchi hujayraga qanday oʻtkazilishini koʻrsatib bergan. London qirollik jamiyati aʼzosi (1941-yildan), Nobel mukofoti laureati (1963; AL.Xojkin va A.F. Xaksli bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz